Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Farg‘onada Islom Karimov tavallud kuniga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi
31 Jan 2019

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida Birinchi Prezident tavallud kuniga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi.

Tadbirda hokimlik, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, milliy-madaniy markazlar jamoalari, o‘quvchi va talabalar ishtirok etdi.

Xotira kechasida so‘zga chiqqanlar Islom Karimovning vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligiga qo‘shgan hissasini qayd etib, uning hayoti va faoliyati yosh avlod uchun ibrat ekanligini ta’kidladi.

Kecha davomida Islom Karimov fondi tomonidan tayyorlangan kitob va jurnallar, znachoklar tarqatildi.

Tadbir oldidan tashkil etilgan fotoko‘rgazma ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Birinchi Prezidentning tavallud sanasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar viloyatdagi ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda o‘tkazildi.

Манба: fergana.uz / Кўришлар: 57

Сиёсат

Сўров

Ўзингизга керакли бўлган маълумотларни сайтимиздан топа олдингизми?
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech